Magistratura bosqichini Xitoyda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

Magistratura bosqichini Xitoyda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

Dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri — Tsinghua universitetida bepul magistraturada o‘qish imkonini beruvchi Schwarzman Scholars dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur global miqyosda yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lgan yoshlarni bir yillik intensiv akademik va amaliy tayyorgarlik bilan ta’minlashga qaratilgan.

 

 

QS 2025 reytingiga ko‘ra, Tsinghua universiteti dunyoning eng nufuzli 20 ta oliygohlar qatoridan joy olgan.

 

Dastur haqida qisqacha:

 

Kimlar uchun: 18–28 yosh orasidagi, bakalavr darajasiga ega bo‘lgan yoki 2026-yil 1-avgustgacha tamomlaydigan istalgan soha vakillari;

 

 

Dastur barcha davlat fuqarolari uchun ochiq.  Dastur to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

 

 

3 ta asosiy yo‘nalishda tahsil beriladi:

 

 

– Leadership (Yetakchilik)

 

– Global Affairs (Xalqaro munosabatlar)

 

– China (Xitoyshunoslik)

 

 

Til bilish talablari (agar ingliz tilida o‘qimagan bo‘lsa):

 

 

TOEFL (kamida 600)

 

TOEFL iBT (kamida 100)

 

IELTS (kamida 7)

 

 

Agar nomzod so‘nggi 2 yil ichida ingliz tilida tahsil olgan bo‘lsa, til sertifikati talab etilmaydi.

 

Magistratura bosqichini Xitoyda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

 

Moliyaviy imkoniyatlar:

 

– o‘qish to‘lovlari to‘liq qoplanadi;

 

– Pekinga borish va qaytish aviachiptalari;

 

– turar joy, yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun stipendiya;

 

– O‘quv jihozlari, ilmiy loyiha xarajatlari moliyalashtiriladi;

 

– har bir talaba Lenovo noutbuki va kerakli materiallar bilan ta’minlanadi;

 

– sug‘urta va viza xarajatlari qoplanadi.

 

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

 

Rezyume (ko‘pi bilan 2 bet);

 

Motivatsion insholar:

 

– Leadership Essay – 750 so‘z;

 

– Statement of Purpose – 500 so‘z;

 

Baholar tarjimasi (Transcript);

 

3 ta tavsiyanoma – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya beruvchilar tomonidan jo‘natiladi;

 

1 daqiqalik tanishtiruv videosi – nomzod o‘zini va qiziqishlarini qisqacha tanishtirib, saytga joylaydi.

 

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 10-sentabr

Saralash va natijalar:

 

Ariza topshirishning soʻnggi muddati: 2025-yil, 10-sentyabr.

 

 

Hujjatlar topshirilgach, saralangan nomzodlar intervyuga taklif etiladi (onlayn yoki oflayn). Oflayn intervyu xarajatlari dastur hisobidan qoplanadi;

 

 

Natijalar 2025-yil noyabr oyida e’lon qilinadi. Dastur 2026-yil avgust oyida boshlanadi va 1 yil davom etadi.

 

 

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Rasmiy saytga o‘tish

 

 

Qo‘shimcha savollar uchun murojaat: info@schwarzmanscholars.org

 

 

Eng koʻp soʻralgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.