Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanadi

Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanadi

7–14 iyul kunlari davomida respublikamizdagi 52 ta oliy ta’lim muassasasida «Qabul-2025» doirasida kasbiy va ijodiy imtihonlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bugun ushbu imtihonlarning rasman yakuniy kuni bo‘lib, imtihonlar rasmiy ravishda yakunlanadi.

 

 

 Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar endi nima qiladi?

 

 

– Abituriyentlar birinchi navbatda o‘z ballari bilan tanishib chiqishlari lozim.

– Imtihon natijalari imtihon topshirilgan sanadan so‘ng, bir necha kun ichida abituriyent tanlagan oliygohning rasmiy telegram sahifasida e’lon qilingan.

 

 

Natijani qayerdan topsa bo‘ladi?

 

 

Tanlagan oliy ta’lim muassasasining telegram kanaliga kirib, qidiruv oynasiga “natijalar”, “ijodiy imtihon” yoki “ballar” kabi so‘zlar yoziladi. Shundan so‘ng e’lon qilingan natijalar ro‘yxatlari va jadvallari orasidan abiturient o‘z ism-sharifini topadi va tegishli ballari bilan tanishishi mumkin.

 

 

OTMlarning rasmiy telegram sahifalari ro‘yxatiyuklab olish
Kasbiy (ijodiy) imtihon yo‘nalishlari ro‘yxati (PDF) yuklab olish

 

 

Baholash tizimi qanday edi?

 

 

1-imtihon uchun maksimal ball: 93 ball

2-imtihon uchun maksimal ball: 63 ball

 

Ijodiy imtihonlardan umumiy maksimal ball: 156 ball

 

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirgan abituriyentlar endi navbatdagi bosqich — majburiy fanlar bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishadi. Bu fanlar:

 

 

Ona tili (yoki rus tili yoki qoraqalpoq tili)

Matematika

O‘zbekiston tarixi

 

 

Har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball belgilanadi. Abituriyentlar majburiy fanlar orqali maksimal 33 ballgacha qo‘shimcha to‘plashlari mumkin.