Rossiya Davlat Dumasida qabul qilingan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, hukumat kvotasi asosida ishga kelgan chet ellik fuqarolar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihonlardan ozod qilinishi mumkin.
Qonunga ko‘ra, kvota asosida tasdiqlangan ish joylari bo‘yicha ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolarning Rossiyada vaqtincha ishlash muddati 1 yilgacha belgilanishi mumkin. Ish beruvchi esa ushbu xodimlarning o‘z vaqtida mamlakatdan chiqib ketishi uchun mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, Rossiyada yuqori malakali xorijiy mutaxassislar endilikda ishga joylashayotganda rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirishlari talab etilmaydi.
Avvalroq, 2025-yil 1-apreldan boshlab Rossiya maktablariga qabul qilinayotgan migrant bolalar uchun rus tilini bilish boʻyicha majburiy test sinovlari joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
