Sport bilan shug‘ullanish bolalarning o‘qishiga qanday yordam beradi?

Sport bilan shug‘ullanish bolalarning o‘qishiga qanday yordam beradi?

2006-yilda Duke university olimlari me’yoridan ortiq o‘qish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar o‘tkazishgan.

 

 

Unga ko‘ra, 3-sinf o‘quvchisi uchun samarali ta’lim olish uchun kuniga atigi 30 daqiqa uy vazifasini bajarish kifoya qilishi, 9-sinfdan yuqorilar esa kuniga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ajratilishi tavsiya etilishi ta’kidlangan. Tadqiqotlar natijasida, olimlar qo‘shimcha mehnat bolalarning o‘qishini yaxshilamasligi, aksincha charchoq va stressga olib kelishini aniqlashgan.

 

 

Xo‘sh, haqiqatan ham o‘qishni yaxshilashga nima yordam beradi? Javob — harakat. Muntazam jismoniy faollik xotira, diqqat, e’tibor va maktabga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ammo buni ko‘pchilik unchalik e’tiborga olmaydi. Ayniqsa bu holat sportni yoqtirmagan yoki jismoniy tarbiya darslarida zerikkan bolalar uchun tabiiydir. Jismoniy tarbiya muhimligi olimlar tomonidan tan olingan.

 

 

Illinoys universiteti professori Charlz Xillman tadqiqotlariga ko‘ra, aerobik mashqlar (masalan, basketbol) bolalarning xotirasini, diqqatini va axborotni qayta ishlash tezligini oshirishi aniqlangan.

Sport bilan shug‘ullanish bolalarning o‘qishiga qanday yordam beradi?

 

Jamoaviy sport turlari orasida basketbol eng foydalilaridan biri hisoblanadi. Basketbol quyidagilarni rivojlantirishi aniqlangan:

 

— jismoniy chidamlilik va diqqatni jamlash;

 

— moslashuvchan fikrlash va tez qaror qabul qilish;

 

— muloqot va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari.

 

Shuningdek, muntazam jismoniy faollik bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini 10–20% ga oshiradi. Faol bolalarda intizom va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalar va o‘smirlar uchun kuniga kamida 60 daqiqa faol harakat qilishni tavsiya qiladi. Ammo statistika shuni ko‘rsatadiki, faqat 2 dan 5 o‘quvchi bunday me’yorga rioya qiladi. Qolganlar esa harakatsizlik sababli, organizmida salomatlik yomonlashuvi, charchoq, motivatsiya pasayishi kabi holatlar yuzaga keladi.

 

 

Ota-onalar ko‘pincha, maktab mashg‘ulotlari tugagandan keyin “bola charchagan, dam olishi kerak” deb o‘ylaydi. Ammo dam olish har doim ham yotib olish degani emas. Maktabda 6–7 soat o‘tirgan bola uchun dam olish — bu harakat hisoblanadi. Maktabdan keyin 30–45 daqiqalik jismoniy mashqlar stressni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi va uy vazifalarini yaxshi bajarishga yordam beradi.