Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatidagi vakant lavozimlar uchun hujjatlar qabul qilinmoqda

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatidagi vakant lavozimlar uchun hujjatlar qabul qilinmoqda

Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan «Prezident iqtidorli farzandlari» loyihasi doirasida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, Sizni o‘zining professionallar jamoasiga taklif etadi.

 

Jamoa Xorijda ta’lim olgan va amaliy tajribaga ega bo’lgan yuqori malakali va fidoyi pedagoglarni ishga taklif qiladi.

 

Maktabda quyidagi fanlardan darslar ingliz tilida o’tiladi:

 

— Fizika

 

— Kimyo

 

— Biologiya

 

— Matematika

 

— Kompyuter texnologiyalari

 

— Xalqaro siyosat

 

— Biznes boshqaruvi

 

— Iqtisod

 

— San’at va madaniyat

 

— Tadqiqot

 

— Ingliz tili

 

Quyidagi fanlardan darslar o’zbek tilida o’tiladi:

 

— Ona-tili va adabiyoti

 

— O‘zbekiston va jahon tarixi

 

Ikkinchi xorijiy til sifatida o’tiladigan Fransuz va Nemis tili o’qituvchilari uchun ham bo’sh ish o’rinlari mavjud

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

 

— IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega bo’lishi

 

— Kamida magistr darajasi (tegishli mutaxassislik bo’yicha)

 

— 2 yildan ortiq pedagoglik tajribasi

 

— 9–11-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda yondashuv va murabbiylik mahorati

 

— O‘quvchilarni xalqaro imtihonlar va dunyoning TOP-10 talik universitetlariga tayyorlash bo’yicha tajribasi

 

— Xorijning nufuzli TOP-300 talik Universitetlarida tahsil olgan bo’lishi IB dasturi asosida ta’lim bera olish malakasi

 

Afzalliklari?

 

— Yuqori va barqaror maosh

 

— Mamlakatdagi eng iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati

 

— Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar

 

— Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturi asosida dars berish imkoniyati

 

— Ijodkorlik, tashabbus va erkin pedagogik metodikalarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit

 

— Kasbiy o‘sish, xalqaro tajriba almashuvi va doimiy malaka oshirish imkoniyatlari

 

Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

 

Hujjatlar ro‘yxati:

 

— Ingliz tilidagi yangilangan CV

 

— Ma’lumotnoma (obyektivka) oxirgi 3 oyda tushilgan rasm bilan

 

— Ingliz tili sertifikati (IELTS 7.5+, TOEFL iBT 109+) yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlar)

 

— Bakalavr va Magistratura diplomlarining nusxasi

 

— GRE (75+), GMAT (75+), SAT (1300+), TESOL, CELTA kabi sertifikati borlarga ustunlik beriladi