3-iyul kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya nomzodlari uchun imtihon oʻtkaziladi

3-iyul kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya nomzodlari uchun imtihon oʻtkaziladi

Ertaga, 3-iyul kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovining test bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun imtihon oʻtkaziladi. Bu haqda UzA muxbiri xabar berdi.

 

 

Tanlovning I bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda test bosqichidan ozod etilish uchun zarur boʻlgan xalqaro sertifikatlarga (SAT, GRE, GMAT, A-Level) ega boʻlgan va ularni belgilangan muddatda taqdim etgan nomzodlar test sinovlaridan ozod qilinadi.

 

 

Qayd etilishicha, oʻqish xarajatlari (taʼlim, yashash, yoʻlkira va boshqa xarajatlar) jamgʻarma hisobidan qoplanadi.

 

 

Joriy yilda 975 nafar nomzod IQ darajasi, tanqidiy fikrlash hamda psixologik barqarorlikni aniqlash boʻyicha oflayn va onlayn shaklda oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishga tavsiya etilgan. Nomzodlar hududlarda belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan test sinovlari joyiga yetib kelishi lozim.

 

 

 

Testda onlayn ishtirok etadigan nomzodlar esa Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “ZOOM” platformasi orqali test sinovlarida ishtirok etadi. Onlayn ishtirok etuvchi nomzodlarga “ZOOM” havolasi onlayn platforma yoki elektron pochta manzillari orqali yuboriladi.

 

 

Agar nomzod belgilangan hududda test kuni boʻlmagan taqdirda, u test sinovlarini boshqa hududda topshirishi mumkin. Belgilangan tartib va mezonlarga rioya qilmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.