Chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ustama to‘lash bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ustama to‘lash bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

«Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qo‘shma qaror loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ( ro‘yxat raqami 3515) qo‘shma qarorga ayrim o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

Ung ko‘ra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda taqdim etilgan malaka koʻnikmasi va til bilish sertifikatlari olingan oʻzaro vaqt oraligʻi bir yildan oshmasligi lozim.

International Test of English Proficiency iTEP Academic — Plus xalqaro sertifikati ingliz tili pedagoglari uchun tavsiya etilmoqda.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) sertifikati asosiy sertifikatlar ro`yxatidan chiqarilmoqda. Shuningdek, qaror qabul qiligunga qadar olingan TOEFL iTP sertifikati uchun belgilangan muddatgacha imtiyozlardan foydalanish mumkin.

Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) xalqaro ingliz tili sertifikati baholash me’zoni va nomi o‘zgargan.

Endi ushbu sertifikatlar ro`yxatida Cambridge English Qualifications deb nomlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-o`quv yilidan kamida B2 va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikati bo`lgan xorijiy til o`qituvchilari ishga qabul qilinadi.

Pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxati loyihasi: