«El-yurt umidi» jamg’armasi tomonidan 2025-yilning 9-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur matbuot anjumanida «El-yurt umidi» jamg’armasi boshqarma boshligʻi Elbek Iskandarov tomonidan tanlov jarayonlarining qachon o’tkazilishi haqida ma’lumot berildi.
Unga ko’ra, nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar soniga qarab, imtihon sanalari 28-30-iyun kunlari, suhbat jarayonlari esa 1-iyuldan 15-iyulga qadar o’tkazilishi reja qilingan. Shuningdek, suhbat natijalari avgust oyi boshida e’lon qilinishi nazarda tutilgan. ( Ushbu kunlar arizalar kelib tushgan soniga qarab qisqarishi yoki keyinga surilishi mumkin).
