Prezidentning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror bilan O‘zbekistonda 6-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
7-iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Shundan kelib chiqib o’zbekistonliklar hayit munosabati bilan 3 kun dam olishadi:
6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga odatiy, 6 kunliklarga qo’shimcha dam olish kuni;
8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam olish kuni;
9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni.
Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha zulhijja oyining 10-kuni Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi zulhijja oyining birinchi kuni 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
