Vazir jamgʻarmasidan 2025-2026-yillarda toʻlanadigan ustama uchun suhbat sinovlari natijalari qachon eʼlon qilinadi?

Vazir jamgʻarmasidan 2025-2026-yillarda toʻlanadigan ustama uchun suhbat sinovlari natijalari qachon eʼlon qilinadi?

Savol: Men Vazir ustamasi talabgorlari uchun tashkil etilgan test sinovlarida 2025-yil 25-fevral kuni ishtiriok etib, testdan muvaffaqiyatli oʻtib, 2-bosqich suhbatda ham ishtirok etdim. “Natijani 6 ish kunida eʼlon qilamiz” -degan edilar, ammo haligacha natijalar maʼlum emas, Buxoro viloyati vazir ustamasi qachon chiqadi va qaysi oydan boshlab toʻlanadi? (D.X.Oʻ. Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 8 maktabning ingliz tili oʻqituvchisi)

 

 

Javob: Suhbat boʻyicha natijalari har bir suhbatda ishtirok etgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Tasdiqlangan Nizomga koʻra suhbat natijasi boʻyicha 4 va undan yuqori ball olganlar ustamaga tavsiya etilishi belgilangan.

 

 

Nomzodlar oʻzlarining shaxsiy kabinetiga kirib suhbat natijasi boʻyicha olgan ballarini koʻrgan holda ustamaga tavsiya etilganligi yoki etilmaganligini bilib olishi mumkin.

 

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2-bosqich suhbat natijasi boʻyicha suhbat komissiyalarining qarorlari asosida ustamaga tavsiya etilgan pedagoglarga vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama tayinlash boʻyicha buyruq chiqaradi.

 

 

Toʻlovlar joriy yilning may oyidan 2026-yilning yanvar (9 oy) oylari davomida toʻlanadi.