Toshkentda oʻtkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining taqdirlash marosimi bugun bo’lib o’tdi.
Ushbu olimpiada 7-13- may kunlarni matematika va informatika fanlari doirasida o’tkazildi Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Olimpiadada o’zbekistonlik o’quvchilar quyidagi natijalarga erishdi:
Informatika yo’nalishida – 13 ta bronza, 4 ta kumush va 4 ta oltin medal;
Matematika yo’nalishida – 17 ta bronza, 9 ta kumush va 3 ta oltin medal.
Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.
