Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
Shundan:
– davlat granti asosida — 205 729 ta;
– to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
Qabul kvotalarini yuklab olish:
9-sinf kunduzgi va dual taʻlim shakllari uchun – Faylni yuklash
Kunduzgi ta’lim shakli uchun – Faylni yuklash
Sirtqi ta’lim shakli uchun – Faylni yuklash
Kechki ta’lim shakli uchun – Faylni yuklash
