11-sinf oʻquvchisi Qatardagi universitetda o‘qish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi

11-sinf oʻquvchisi Qatardagi universitetda o‘qish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

 

 

Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongirbek Abdualimov Qatar davlatida joylashgan Carnegie Mellon universitetida taʼlim olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida, Jahongirbek Abdualimov IELTS dan 8 ball hamda SAT dan 1510 ball ko‘rsatkichlariga ega boʻlgan.