Taʼlim tizimini 5 kunlik oʻqishga o’tkazish haqidagi murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to’pladi

Taʼlim tizimini 5 kunlik oʻqishga o’tkazish haqidagi murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to’pladi

“Mening fikrim” veb-portaliga fuqaro Nabiyev Neʼmatulla Xamidullayevichning «Taʼlim tizimini toʻliq 5 kunlik oʻqish va ish tartibiga oʻtkazish haqida«gi 375-s-p/24-sonli elektron jamoaviy murojaati 2025-yilning 28-mart kunidan 3-aprel kuniga qadar 10 mingdan ortiq ovoz toʻplashga erishdi.

 

Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz toʻplagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. “Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 35-bandiga muvofiq, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni koʻrib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.

 

Murojaatni koʻrib chiqish jarayoni boshlangan boʻlib, natijasi haqida qabul qilingan qaror belgilangan tartibda “Mening fikrim” veb-portalida eʼlon qilinadi.