Barcha fandan A va ingliz tilidan B2 daraja: qashqadaryolik yana bir oʻquvchi muddatidan oldin talaba boʻldi

Barcha fandan A va ingliz tilidan B2 daraja: qashqadaryolik yana bir oʻquvchi muddatidan oldin talaba boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Abdullayev Mirfayzbek Sirojiddin oʻgʻli maksimal 189 ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U tegishli barcha fanlardan – matematika A, tarix A, ona tili A daraja va ingliz tilidan B2 sertifikatini qoʻlga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbek asosiy fanlaridan A darajali milliy sertifikat olish bilan birgalikda, majburiy fanlardan ham A olgan kam sonli oʻquvchilardan hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U Talimxabarlari.uz saytiga bergan intervyusida ushbu natijaga qanday erishgani haqida soʻzlab berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Tarix fanidan esa mutlaqo oʻzim tayyorlandim, oʻquv markazlar «natija uchun kamida 3 oy kerak” deyishgandi»

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbekning soʻzlariga koʻra, u asosiy fanlari boʻlgan ingliz tili va matematikadan qoʻshimcha kurslarga borgan boʻlsa, ona tili va tarix fanlarini oʻzi mustaqil oʻrgangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Faqat ona tili imtihoniga maktabdagi oʻqituvchisi bilan birga tayyorgarlik koʻrib, darsdan tashqari qoʻshimcha shugʻullangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qiziqarli jihati shundaki, u ona tilidan 1 oy kuchli tayyorlanib, A darajani qoʻlga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Tarix fanidan esa mutlaqo oʻzim tayyorlandim, oʻquv markazlarida «natija uchun kamida 3 oy kerak” degan javobni oldim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Lekin 3-yildan beri zakovat musobaqalarida qatnashib kelaman, mantiq sohasida har hafta savollarni oʻynaymiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mana shu yillar davomida tarixdan ancha bilim yigʻilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ona tili va tarixdan olishimga zakovatdagi ishtirokim sabab desam, adashmagan boʻlaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Chunki zakovatdagi savollar mantiqni, tanqidiy fikrlashni shakllantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ BMBA oxirgi imtihonlarda mantiqan topish mumkin boʻlgan savollarni ham kirityapti, bu yaxshi yondashuv, sababi yodlashdan koʻra fanni tushunish muhim deb oʻylayman», — deydi Mirfayzbek.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Matematikadan B+ olganimda, qayta imtihonga kirmasdim”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbekning taʼkidlashicha, u faqatgina matematika fanidan ikkinchi urinishda A natijani qoʻlga kiritgan boʻlsa, qolgan barcha fanlardan bir martadan imtihonga kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U matematikadan birinchi imtihonida B natijani olgan, bu yetarli boʻlmasligini tushungan holatda, yana qoʻshimcha tayyorgarlik koʻrib, ikkinchi marta imtihonga kirib, A natijaga erishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Matematikadan birinchi marta dekabrda imtihon topshirgandim, B natija oldim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu B natija chiqqani ham yaxshilikka xizmat qildi deb oʻylayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Agar yuqoriroq 29 ta savolni yopib beradigan B+ natija chiqib qolganda, balki mart oyida imtihon topshirmagan boʻlardim va hozir 189 ballim boʻlmasdi deb oʻylayman”, — deydi oʻquvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Ustoz uni toʻgʻri yondashuv asosida tushuntirsa muammo boʻlmaydi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbekning soʻzlariga koʻra, har bir fanning oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Lekin ustoz toʻgʻri yondashuv asosida tushuntirsa, qiyinchiliklar bartaraf boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbek 10-sinfligida ingliz tilida B2 darajani qoʻlga kiritgan va bu natija uchun 9 oy ketganligini eslab oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uning soʻzlariga koʻra, natija uchun tizimli va davomli harakat kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

U har bir vaqtdan unumli foydalanishga harakat qilgan va vaqtini eng yaxshi natija uchun toʻgʻri boshqargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

«Matematikadan darsimi haftada 3 kun boʻlsa ham, har kuni guruhdoshlarimiz bilan boʻsh xonalarda tayyorlanar edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim paytlar yakshanba kuni ham borishga toʻgʻri kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tushlik vaqtiga ham vaqtimiz ketmasin deb oʻquv markazimizni oshxonasida birga ovqatlanib, misollarni muhokama qilardik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Aslida bir kunda 10 soatdan ham koʻproq shugʻullanganmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ona tilidan yoʻl-yoʻlakay oktyabr noyabrda tayyorlanib, sertifikat olgan boʻlsam, tarixdan aprelda oldim, — deydi Mirfayzbek.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbek ushbu natijaga erishishida maktab rahbariyati, shuningdek, ustozlarining ham oʻrni katta ekanligini taʼkidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Maktabda bilimli yoshlar har doim qoʻllab-quvvatlanishini, ularga barcha imkoniyatlar yaratilib berilishini eslab oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Oʻtgan yili maktabimizdan bir oʻquvchi 189.0 ball olgandi, shunga qiziqib koʻpchilik harakat qildik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu yil muddatidan oldin 189 ball olganlar sinfimizda 2 nafar, BMBA imtihonlariga kirib 189 qilish imkoniyati borlar ham talaygina.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunday muhitni yaratishda, qoʻllab quvvatlashda direktorimiz Hilola Rajabova boshchiligidagi barcha ustozlarning samarali mehnati, Sojida ustoz Xolboyevaning bergan toʻgʻri maslahatlar va ota-onamning ishonchi muhim ahamiyatga ega deb bilaman”, — deydi oʻquvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfayzbek 189 ballni olish, oʻzi xohlagan universitetga kirish hech qachon uning oxirgi maqsadi boʻlmagan, oliy taʼlimni shunchaki bir vosita deb bilishini taʼkidlab oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Koʻproq oʻrganish, tanlagan sohasida koʻproq networking qilishda oliy taʼlim muhim ahamiyat kasb etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U oʻqishga kirgandan keyin ham yaxshi oʻqib, oʻz sohasida kerakli kadr boʻlishni oʻz oldida maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mirfazybekning oʻqish va ishlariga rivoj tilaymiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠