Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1430 ball va CEFR B2 natijasini qoʻlga kiritdi

Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1430 ball va CEFR B2 natijasini qoʻlga kiritdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi maktablardan birining 8-sinf oʻquvchisi Abdusamatova Dilbar ingliz tilidan CEFR B2 darajasini qo‘lga kiritib, xalqaro SAT imtihonida 1430 ball to‘pladi.

 

Dilbarning Talimxabarlari.uz saytiga ma’lum qilishicha, ingliz tiliga qiziqish 6-sinfdan boshlangan va vaqt oʻtishi bilan bu qiziqish jiddiy maqsadga aylangan.

 

SAT va CEFR topshirish gʻoyasi esa 8-sinfda boshqa oʻquvchilarning natijalarini koʻrgach paydo boʻlgan. Dilbar fevral oyida CEFR, may oyida esa SAT imtihonini topshirib, yuqori natijalarga erishgan

 

U SAT imtihoniga 3 oy tayyorlanganini aytadi. Bu jarayonda unga ustozlari Nosirova Nargiza va Zaripova Robiya hamda ularning tavsiya etgan kitoblari yordam bergan.

 

Eng qiyin qism sifatida u EBRW (Reading and Writing) boʻlimini qayd etadi.

 

‘‘Reading ballini oshirish uchun eng koʻp xatolar ustida ishladim’’, — deydi u.

 

Kelajakda u SAT natijasini yanada yaxshilab, Harvard yoki Oxford universitetlaridan biriga hujjat topshirishni maqsad qilgan.

 

Dilbar tengdoshlariga tajribali ustoz va toʻgʻri manbalar bilan ishlashni tavsiya qiladi.

 

‘‘Tengdoshlarimga maslahatim shuki: tajribali ustoz va to‘g‘ri manbalardan foydalanishni tavsiya beraman’’,— deydi Dilbar.

 

Avvalroq, Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish