Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritdi

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi SAT imtihonida 1590 ballni qo‘lga kiritdi

Namanganlik oʻquvchi qiz xalqaro SAT imtihonida 1590 ballik natijaga erishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ U matematika boʻyicha maksimal 800, ingliz tili (Reading & Writing) boʻyicha 790 ball toʻplagan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10–01-sinf oʻquvchisi Maʼrufjonova Dilshoda xalqaro SAT imtihonida yuksak natijalarni qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Imtihon natijalari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

– Reading & Writing – 790 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

– Math – 800 ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

– Umumiy natija – 1590 ball (maksimal 1600 ball).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

SAT imtihoni dunyoning nufuzli universitetlariga kirishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Dilshodaning 1590 ball toʻplashi uning nafaqat matematika va ingliz tilidagi chuqur bilimini, balki mantiqiy fikrlash va test topshiriqlarini yuqori darajada bajarish qobiliyatini ham namoyish etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Dilshodaning gʻalabasi butun maktab jamoasi uchun faxrdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu natija uning tinimsiz mehnati va maktabimizda yaratilgan shart-sharoitlarning bevosita samarasidir”, – deydi maktab rahbariyati.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 189 ball toʻplagan oʻquvchi qiz bilan suhbat e’lon qilgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠