Sirdaryodagi bog‘chada amaliyotchi qiz bolalarni igna bilan jazolagani aytilmoqda

Sirdaryodagi bog‘chada amaliyotchi qiz bolalarni igna bilan jazolagani aytilmoqda

Sirdaryo viloyatidagi bog‘chalardan birida tarbiyachi yordamchisi sifatida amaliyot o‘tayotgan qiz bolalarni igna bilan jazolagani aytilmoqda.

 

 

Hodisa joriy yilning 10-fevral kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, bolalardan birining onasi jarohat izini ko’rib qolgan. Bolaning ta’kidlashicha, ota-onasiga aytsa unga yana igna tiqishini aytib qo’rqitgan.

 

 

Mas’ul xodimlar masalani nazoratga olib, amaliyotchining texnikumda o’qishi aniqlagan.

 

 

Sud-tibbiy ekspertlari bolalarda yengil tan jarohatlari borligini tasdiqlagan. Natijada, amaliyotchiga 375 000 so‘m miqdorida jarima solingan.