Joriy yil 29-oktyabrdan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun oʻquv fanlaridan malaka sinovlarining aynan qaysi manzillarda va qachon oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Oldinroq, 2024-yil 29-oktyabr sanasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tkazilayotgan attestatsiya testlarida viloyatlar kesimida aynan qaysi pedagog kadrlar ishtirok etishi haqida ham ma’lumot berilgan.
30-31-oktyabr kunlari attestatsiya imtihonlarida matematika va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadi. Quyida berilgan roʻyxatlar orqali ushbu sanada test topshiradigan pedagoglar o’zlari qatnashadigan guruh va test o’tkaziladigan vaqti bilib olishi mumkin:
Eslatma! Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglar attestatsiya sinovlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va
murojaat yuborishda toʻldirilgan so’rovnoma bilan oʻzlari uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib borishlari kerak.
