9-oktyabrdan Gemini’ning bepul va ayrim pullik foydalanuvchilari uchun qator imkoniyatlar cheklanadi

9-oktyabrdan Gemini’ning bepul va ayrim pullik foydalanuvchilari uchun qator imkoniyatlar cheklanadi

Google Gemini’ning bepul versiyasidan foydalanuvchilar 9-oktyabrdan boshlab xizmatning faqat Flash-Lite modelidan foydalana oladi. O‘zgarishlar ayrim pullik tariflarga ham taalluqli bo‘lib, AI Plus obunachilari Pro modelidan foydalanish imkoniyatini yo‘qotadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Google kompaniyasi Gemini’ning ilg‘or modellaridan foydalanish imkoniyatlarini bepul foydalanuvchilar hamda ayrim pullik tarif obunachilari uchun qisqartirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Kompaniya e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, joriy yil 9-oktyabrdan boshlab bepul foydalanuvchilarga faqat bazaviy Flash-Lite modeli taqdim etiladi, kuchliroq Flash va Pro modellaridan foydalanish imkoniyati esa yopiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu tariqa, bepul foydalanuvchilar Gemini 3.6 Flash va Gemini 3.1 Pro modellaridan foydalana olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular Google’ning tezkor kundalik vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan eng yengil va tejamkor modeli — Gemini 3.5 Flash-Lite’dan foydalanishda davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Pro modeli esa kod yozish, murakkab masalalarni hal qilish, shuningdek, matnlar, fayllar va tasvirlarni tahlil qilish kabi murakkab vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

AI Plus obunachilari uchun ham cheklovlar joriy etiladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zgarishlar “Google AI Plus” o‘rta tarifiga ham taalluqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu tarif narxi oyiga 6.22 AQSH dollari, yiliga esa 62 AQSH dollarini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

AI Plus obunachilari Flash-Lite va Flash modellaridan foydalanishda davom etadi, biroq Pro modelini tanlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu cheklov qachondan kuchga kirishi hozircha ma’lum qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Obunachilarga bu haqda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

AI Pro (oyiga 25 AQSH dollari yoki yiliga 246 AQSH dollari) va AI Ultra (oyiga AQSH dollari) tariflariga obuna bo‘lgan foydalanuvchilar esa uchala modeldan ham foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, AI Pro tarifiga ilgari faqat Ultra obunachilari uchun mavjud bo‘lgan Deep Think rejimi ham qo‘shiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu rejimda model javob tayyorlash uchun ko‘proq vaqt va hisoblash resurslarini sarflaydi hamda masalani hal qilishning bir nechta variantini parallel ravishda ko‘rib chiqadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Foydalanuvchilar hisoblash darajasini tanlay oladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, Google foydalanuvchilarga har bir model uchun hisoblash resurslari sarfining uch darajasidan — past, o‘rta yoki yuqori birini tanlash imkonini berishni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, natija shunchalik batafsil bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq bunda foydalanuvchining mavjud kvotasi ham ko‘proq sarflanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunga o‘xshash sozlamalar Google’ning raqobatchilari — Anthropic kompaniyasining Claude va OpenAI kompaniyasining ChatGPT xizmatlarida ham mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta Google Gemini 4 Argon modelini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozircha yangi avlod Gemini’ga kirish imkoniyati faqat tanlangan ekspertlar, kiberxavfsizlik sohasidagi tashkilotlar va AQSh ma’muriyatiga berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Google’ning ta’kidlashicha, bunday cheklov modelning kiberxavfsizlik sohasidagi kuchli imkoniyatlari bilan bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠