Google flagman modeli Gemini 4 Argon’ni taqdim etdi — hozircha cheklangan doirada foydalanish mumkin

Google flagman modeli Gemini 4 Argon’ni taqdim etdi — hozircha cheklangan doirada foydalanish mumkin

Google’ning yangi Gemini 4 Argon modeli hozircha cheklangan foydalanuvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Model murakkab vazifalarni bajarish, vizual ma’lumotlarni tahlil qilish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Google bugungi kungacha o‘zining eng ilg‘or sun’iy intellekt modeli bo‘lgan Gemini 4 Argon’ni taqdim etdi. Hozircha model cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar, jumladan, kompaniya xodimlari orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bir qator benchmarklar natijalariga ko‘ra, yangi model “GPT-6 Astra” va “Anthropic” kompaniyasining flagman modellaridan o‘zib ketmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Argon’ning asosiy xususiyatlaridan biri — avvalgi 64 mingta o‘rniga 1 milliontagacha chiqish tokenidan (output token) foydalanish imkoniyatidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu modelga murakkab savollar ustida yanada chuqurroq tahlil olib borish imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Google flagman modeli Gemini 4 Argon’ni taqdim etdi — hozircha cheklangan doirada foydalanish mumkin⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Google modelning nafaqat dasturlashdagi, balki kundalik vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlarini ham ta’kidlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, Argon xaritalarni tahlil qilish yoki uzun videolarni ko‘rib chiqish kabi vizual tushunishni talab qiladigan vazifalarni ham bajara oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Raqobatchilarning amaldagi flagman LLM modellari singari, Argon zaifliklarni aniqlash bo‘yicha testlarda ham yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlab Gemini 4 Argon API orqali 1 millionta kiruvchi token (input token) uchun 2 dollar va 1 millionta chiquvchi token (output token) uchun 10 dollar narxda taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyinchalik modelning API orqali foydalanish narxi ikki baravarga oshirilishi ta’kidlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Google o‘zining Gemini sun’iy intellekt platformasiga bepul, to‘liq hajmdagi SAT sinov testlarini bevosita integratsiya qilganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠