Andijonda yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochilishga tayyorligi aytildi

Andijonda yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochilishga tayyorligi aytildi

Andijon viloyatida maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetdi. Tadbirkorlar 134 ta oilaviy bog‘chani ochishga tayyorligini bildirgan.

 

Xabaringiz bor, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yaratiladi.

 

Andijonda ishlash istagi bo‘lgan 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Farzandlarini bog‘chaga joylashtirish ularning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratishi ta’kidlandi.

 

Viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetgan. Tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyorligini bildirgan.

 

Mas’ullarga o‘n kun ichida ushbu bog‘chalar bo‘yicha tegishli bitimlarni rasmiylashtirish masalasini hal qilish topshirildi.

 

Umuman, Andijonda ayollarni ish bilan ta’minlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi.

 

Avvalroq, Prezidenti matbuot kotibiga tayanib Andijon texnika institutida alohida dizaynerlik fakulteti ochilishi haqida xabar berilgandi.