Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, O‘zbekistonning 12 viloyati va Toshkent shahar hokimlarining qaysi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgani haqidagi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
Talimxabarlari.uz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi hamda O‘zbekistondagi 13 ta hokimiyatlar rahbarlarining ta’lim olgan oliy ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni jamladi.
Quyida hokimlar qachon va qaysi oliygohda o‘qigani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
Ermanov Farxod Urazbaevich — 2022-yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritmoqda. U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Andijon viloyati hokimi
Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich — 2013-yildan buyon Andijon viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. U 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha olim-agronom.
Buxoro viloyati hokimi
Zaripov Botir Komilovich — 2021-yildan buyon Buxoro viloyati hokimi vazifasida ishlab kelmoqda. U 1997-yilda Toshkent moliya institutining moliya va kredit yo‘nalishini bitirgan.
Jizzax viloyati hokimi
Mustafoyev Ulugʻbek Mavlonovich — 2024-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Qashqadaryo viloyati hokimi
Azimov Murotjon Berdialiyevich — 2021-yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
Navoiy viloyati hokimi
Tursunov Normat Tulkunovich — 2022-yildan buyon Navoiy viloyati hokimi. U Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Namangan viloyati hokimi
Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich — 2020-yildan beri Namangan viloyati hokimi. U Namangan sanoat-texnologiya instituti hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.
Samarqand viloyati hokimi
Boboyev Adiz Muzafarovich — 2025-yildan buyon Samarqand viloyati hokimi. U 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2007-2008-yillarda esa mazkur universitet aspiranturasida ilmiy tadqiqotchi bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati hokimi
Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich — 2023-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2005-yili Samarqand davlat universitetini tugatgan.
Sirdaryo viloyati hokimi
Turdimov Erkinjon Oqbutayevich — 2025-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi. U 1991-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Toshkent viloyati hokimi
Mirzayev Zoyir Toirovich — 2021-yildan buyon Toshkent viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritmoqda. U 1994-yili Toshkent moliya institutini bitirgan.
Farg‘ona viloyat hokimi
Bozarov Xayrullo Hayitbaevich — 2020-yildan buyon Farg‘ona viloyat hokimi. U 1997-yili Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
Xorazm viloyat hokimi
Raximov Jo‘rabek Raximovich — 2023-yildan buyon Xorazm viloyat hokimi. U Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. Shuningdek, 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Toshkent shahar hokimi
Umrzoqov Shavkat Bo‘ronovich — 2024-yildan buyon Toshkent shahar hokimi. U Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Avvalroq, O‘zbekistonning amaldagi vazirlari qaysi OTMlarni tamomlagani haqida ma’lumot berilgandi.
