O‘zbekistonning amaldagi vazirlari qaysi OTMlarni tamomlagan?

O‘zbekistonning amaldagi vazirlari qaysi OTMlarni tamomlagan?

O‘zbekistonda 21 ta vazirlik faoliyat yuritadi. Ularni boshqarayotgan rahbarlarning aksariyati mamlakatdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan. Ayrim vazirlarning ta’lim olgan joylari haqidagi ma’lumotlar esa ochiq manbalarda mavjud emas.

 

Talimxabarlari.uz O‘zbekistondagi 21 ta vazirlik rahbarlari va ularning qaysi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgani haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

 

Quyida vazirlar qachon va qaysi oliygohda o‘qigani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

 

1. Aripov Abdulla Nigʻmatovich — Bosh vazir

 

Abdulla Aripov 2016-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritadi. U 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)ni tamomlagan.

 

2. Karimova Eʼzozxon Gafurjanovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

 

E’zozxon Karimova 2025-yil 31-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan. U 1990-yilda Hamid Olimjon nomidagi umumta’lim maktabini tamomlab, Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirgan. 1996-yilda universitetni tamomlagan va aspiranturada o‘qishni davom ettirgan. 2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

3. Sharipov Kongratbay Avezimbetovich — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

 

Kongratbay Sharipov 2024-yil 2-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritadi. U 1981-yilda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida tahsil olgan.

 

4. Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich — Iqtisodiyot va moliya vaziri

 

Jamshid Qo‘chqorov 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri. U 1985-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti), 1996-yilda esa AQShdagi Kolorado universitetini tamomlagan.

 

5. Kudratov Laziz Shavkatovich — Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri

 

Laziz Kudratov 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyadagi Hosei universitetida tahsil olgan.

 

6. Islamov Bobir Farxadovich — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

 

Bobir Islamov 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri. U 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetini geologiya, foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007-yilda magistr darajasini olgan.

 

7. Xidoyatov Sherzod Saidjanovich — Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

 

Sherzod Xidoyatov 2021-yil 14-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri. U 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.

 

8. Zohidov Botir Erkinovich — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

 

Botir Zohidov 2024-yil 23-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri. U 2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

 

9. Ikramov Adxam Ilxamovich — Yoshlar siyosati va sport vaziri

 

Adham Ikramov 2023-yil yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri. U 1986–1990-yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990–1992-yillarda Toshkent tibbiyot instituti magistraturasida tahsil olgan.

 

10. Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich — Qishloq xo‘jaligi vaziri

 

Ibrohim Abdurahmonov 2023-yil oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri. U 1997-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) biotexnologiya fakultetini tamomlagan. 2001-yilda AQShdagi Texas A&M universitetida o‘simliklar seleksiyasi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

 

11. Xamrayev Shavkat Raximovich — Suv xo‘jaligi vaziri

 

Shavkat Hamrayev 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri. U 1986-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini, 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

 

12. Shermatov Sherzod Xotamovich — Raqamli texnologiyalar vaziri

 

Sherzod Shermatov 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri. U 1993–1998-yillarda Toshkent davlat texnika universitetida, 1998–2000-yillarda AQShdagi Yale universitetida tahsil olgan.

 

13. Toshqulov Akbar Joʻraboyevich — Adliya vaziri

 

Akbar Toshqulov 2022-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan. U 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

 

14. Maxkamov Ilxom Rustamovich — Transport vaziri

 

Ilhom Mahkamov 2021-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri. U Toshkent avtomobil institutida iqtisod, muhandislik va marketing yo‘nalishlarida bakalavr va magistr darajalarini olgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari yo‘nalishida tahsil olgan.

 

15. Nazarbekov Ozodbek Axmadovich — Madaniyat vaziri

 

Ozodbek Nazarbekov 2020-yil 22-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri. U 2007-yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan.

 

16. Xolmuhammedov Shuhrat Gʻayratjonovich — Mudofaa vaziri

 

Shuhrat Xolmuhammedov 2024-yil 23-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri. (Uning qaysi OTMda tahsil olgani haqida ma’lumot topilmadi.)

 

17. Xodjayev Sherzod Xikmatullayevich — Energetika vaziri

 

Sherzod Xodjayev 2026-yil 27-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri. (Uning qaysi OTMda tahsil olgani haqida ma’lumot topilmadi.)

 

18. Adilov Eldor Erkinovich — Sog‘liqni saqlash vaziri

 

Eldor Adilov 2026-yil 5-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. U 2017–2018-yillarda Yaponiyadagi “National Graduate Institute for Policy Studies” (GRIPS)da tahsil olgan. Bu Tokiodagi davlat siyosati, iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar yo’nalishiga ixtisoslashgan nufuzli oliy o‘quv yurti.

 

19. Saidov Baxtiyor Odilovich — Tashqi ishlar vaziri

 

Baxtiyor Saidov 2022-yil 30-dekabrdan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi, 2023-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritmoqda. U 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

 

20. Toshpoʻlatov Aziz Anvarovich — Ichki ishlar vaziri

 

Aziz Toshpo‘latov 2025-yil 3-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri. U 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

21. Ikromov Azizbek Israilovich — Favqulodda vaziyatlar vaziri

 

Azizbek Ikromov 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri. U 1996–2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida tahsil olgan.