Toshkentda jamoat transportlari uchun yo‘l haqi qimmatlashishi mumkin

Toshkentda jamoat transportlari uchun yo‘l haqi qimmatlashishi mumkin

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining shahardagi jamoat transportida yo‘lkira haqi tarifini belgilash to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 

Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabrdan Toshkent shahridagi avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida bir martalik yo‘lkira 1700 so‘mdan 2500 so‘mgacha oshirilishi mumkin. Naqd to‘lov miqdori esa 3000 so‘m etib belgilanishi rejalashtirilgan.

 

  • Naqd to‘lovda — 3 000 so‘m;
  • Elektron to‘lovda — chegirma hisobga olingan holda 2 500 so‘m;
  • Bagaj tashish xizmati — 4 000 so‘m.

 

Ya’ni, elektron to‘lovdan foydalangan yo‘lovchilar naqd to‘lov qiluvchilarga nisbatan 500 so‘m kamroq to‘laydi.

 

Shuningdek, transport kartalari uchun tarif rejalar yo‘lovchilar soniga qarab belgilanadi.

 

Transport kartasidan foydalangan yo‘lovchi bir soat ichida boshqa yo‘nalishdagi transportga o‘tganida, belgilangan imtiyozli va bepul tariflardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, 30 kunlik avtobus tarifi 250 ming so‘m, avtobus va metrodan birgalikda foydalanish tarifi esa 345 ming so‘m bo‘lishi mumkin.

Qaror loyihasi 19-sentabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi. Yakuniy tariflar muhokamadan so‘ng tasdiqlanishi mumkin.

 

Avvalroq Toshkentda maktab avtobuslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilayotgani haqida xabar bergan edik. Unda ota-onalarning 73,5 foizi maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlagan.