Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga qarab o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilim darajasi 22 ballga farq qilgan — PISA 2025

Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga qarab o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha bilim darajasi 22 ballga farq qilgan — PISA 2025

O‘zbekistonda o‘quvchilarning oilaviy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga qarab tabiiy fanlardan olgan natijalari o‘rtasidagi farq 22 ballni tashkil etdi. OECD mamlakatlarida bu farq o‘rtacha 85 ball bo‘lgan. Bu haqda PISA 2025’ning O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy ma’lumotnomasida keltirilgan.

 

Xabaringiz bor, joriy yil 8-sentyabr kuni PISA 2025 tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning maktabdagi raqamli qurilmalardan foydalanishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi.

 

PISA o‘quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratadi. O‘zbekistonda eng yuqori ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga ega 25 foiz o‘quvchi tabiiy fanlardan eng past sharoitdagi 25 foiz o‘quvchiga nisbatan o‘rtacha 22 ball yuqori natija ko‘rsatgan. OECD bo‘yicha ayni farq 85 ballni tashkil etgan.

 

OECD ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘quvchining ijtimoiy-iqtisodiy holati tabiiy fanlardagi natijalar farqining 1 foizini izohlagan. OECD mamlakatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 12 foiz bo‘lgan.

 

Yana bir ko‘rsatkichga ko‘ra, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti nisbatan past o‘quvchilarning 22 foizi mamlakat bo‘yicha tabiiy fanlardan eng yuqori natija ko‘rsatgan 25 foiz o‘quvchi qatoriga kira olgan. OECD mamlakatlarida bunday o‘quvchilar ulushi o‘rtacha 12 foizni tashkil etgan.

 

OECD bunday o‘quvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti cheklanganiga qaramay yuqori natijaga erisha olgan akademik barqaror o‘quvchilar sifatida tavsiflaydi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda ta’minlangan va kam ta’minlangan o‘quvchilar o‘rtasidagi tabiiy fanlar natijalari farqi 2022-yildan 2025-yilgacha deyarli o‘zgarmagan. Bu davrda har ikki guruh natijalari o‘xshash darajada yaxshilangan.

 

Ma’lumot uchun: PISA 2025’da o‘quvchilarning bilim darajasi bilan birga ularning oilaviy sharoiti, ota-onalarining ta’lim darajasi va uyda mavjud ta’lim resurslari kabi omillar ham o‘rganilgan. Bu ma’lumotlar o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlashda hisobga olinadi.

 

PISA 2025 natijasi bilan bog‘liq xabarlar:

 

  • PISA 2025: O‘zbekistonda o‘quvchilar maktabda raqamli qurilmalardan kuniga 3 soatdan ortiq foydalanadi — batafsil
  • O‘zbekistonda o‘quvchilarning darsda raqamli qurilmalarga chalg‘ish ko‘rsatkichi OECD o‘rtachasidan ikki baravar past — batafsil
  • O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 91 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi — batafsil
  • O‘zbekistonda o‘quvchilar AI’dan faol foydalanmoqda, kiberbulling darajasi esa past — batafsil
  • O‘zbekistonlik o‘quvchilarning 88 foizi o‘qituvchilaridan qo‘shimcha yordam olishini bildirgan — batafsil