“Jasorat maktablari”da o‘quvchilar qaysi fanlarni chuqur o‘rganadi?

“Jasorat maktablari”da o‘quvchilar qaysi fanlarni chuqur o‘rganadi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-2026 oʻquv yilida tashkil etilgan “Jasorat maktablari”da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili va fizika fanlari chuqur o‘rgatiladi.

 

Xabaringiz bor, 2025-2026 oʻquv yilidan Respublika boʻylab 208 ta (har bitta tuman (shahar)da bittadan) “Jasorat maktablari” faoliyatini yoʻlga qoʻyilgan.

 

Ayni vaqtda mazkur maktablarda 10 ming nafardan ortiq oʻquvchilar tahsil olmoqda. Bunda har bir sinfga 26 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.

 

Mazkur maktablarga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi. Kirish imtihonlari ikki bosqichda — test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkaziladi.

 

Arizalar ariza.piima.uz platformasi orqali onlayn tarzda yuboriladi.

 

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarda 4-sinf uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi doirasida har bir o‘quvchiga 5 tadan jismoniy mashqlar beriladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’kidlashicha, joriy yilda ilk bora “Jasorat maktabi” oʻquvchilari oʻrtasida “Jasorat uchqunlari” harbiy vatanparvarlik va sport musobaqasi tashkil etildi. Gʻoliblar Ozarbayjon davlatiga ta’lim sayohatiga yuborilgan.

 

“Jasorat maktablari”da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilmoqda.

 

Shuningdek, robototexnika, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.