Buxoroda 18 yoshli talaba qiz doimiy noto‘g‘ri ovqatlanish sabab shifoxonaga yotqizildi

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz doimiy noto‘g‘ri ovqatlanish sabab shifoxonaga yotqizildi

Buxoro viloyatida 18 yoshli talaba qiz noto‘g‘ri ovqatlanish sabab qorin sohasidagi kuchli og‘riqlar bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruvlardan so‘ng u gastroenterologiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

 

Buxoro viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga murojaat qilgan 18 yoshli qiz zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, gastroenterologiya bo‘limiga yotqizilgan. Unda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida oshqozon yarasi boshlangani ma’lum bo‘lgan.

 

Qizning ma’lum qilishicha, u kundalik hayotida ovqatlanish tartibiga yetarlicha rioya qilmagan. Ertalab o‘qishga shoshilgani sababli nonushta qilmagan, kun davomida esa tez tayyor bo‘ladigan taomlarni ko‘p iste’mol qilgan.

 

Uyda ham ishtaha yo‘qligi sabab kechqurun kamroq ovqat yeyman. Ertalab ham nonushta qilmay shoshilib o‘qishga chiqib ketaman. O‘qish paytida fast-fud ko‘p olib yeyman, — deydi talaba.

 

Ta’kidlanishicha, yoshlar orasida nosog‘lom ovqatlanish odatlari, xususan, tez tayyor bo‘ladigan taomlar hamda gazli va energetik ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish oshqozon-ichak tizimi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.

 

Shifokor fikriga ko‘ra, fast-fudlar ko‘pincha yuqori kaloriyali bo‘lib, ularni tayyorlashda ketchup, mayonez kabi qo‘shimchalardan foydalaniladi. Ularni tarkibida kanserogen moddalar juda ham yuqori miqdorda bo‘ladi. Kanserogen moddalar oshqozon shilliq qavatini yallig‘lantirib, uning shirasini oshirishiga hamda shilliq qavat jarohatlanganidan keyin turli xil yaralar paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi.

 

Shu sababdan, yoshlarni ovqatlanish tartibiga rioya qilish, nonushtani o‘tkazib yubormaslik, fast-fud va shirin gazli hamda energetik ichimliklarni me’yorida iste’mol qilishga chaqirilmoqda.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish