Joriy yilgi OTMga kirish imtihonlarida o‘rtacha o‘tish ballari qancha bo‘ldi?

Joriy yilgi OTMga kirish imtihonlarida o‘rtacha o‘tish ballari qancha bo‘ldi?

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ballni, to‘lov-kontrakt asosida esa 93,7 ballni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda 18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun, 18-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari natijalari: yakuniy koʻrsatkichlar va keyingi qadamlarga bag‘ishalangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, joriy yilda oliy ta’limga kirishda o‘rtacha o‘tish ballari o‘tgan yilga nisbatan oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 93,7 ballni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Taqqoslash uchun, 2025/2026-o‘quv yilida davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 121,8 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 84,9 ball bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 209,1 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan 52,8 ming nafari davlat granti asosida, 156,3 ming nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, belgilangan imtiyozlar bo‘yicha alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida 20,5 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi oliy ta’limga qabulda 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu jami imtihon topshirganlarning 37,54 foizini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich 2025/2026-o‘quv yilida 41 foiz, 2024/2025-o‘quv yilida 43 foiz, 2023/2024-o‘quv yilida esa 46 foiz bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠