Bu yilgi kirish imtihonlarida nechta abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagani ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi kirish imtihonlarida nechta abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagani ma’lum bo‘ldi

2026-yilgi oliy ta’limga qabulda 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etdi. Bu haqda bugun, 18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 

Bugun, 18-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari natijalari: yakuniy koʻrsatkichlar va keyingi qadamlarga bag‘ishalangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bu yil 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan kam ball to‘plagan. Ularning jami imtihon topshirganlar orasidagi ulushi 37,54 foizni tashkil etgan.

 

Shuningdek, 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar ulushi so‘nggi yillarda kamayib borayotganligi ta’kidlandi.

 

Xususan, ushbu ko‘rsatkich:

 

— 2025/2026-o‘quv yilida — 41 foiz;

— 2024/2025-o‘quv yilida — 43 foiz;

— 2023/2024-o‘quv yilida — 46 foizni tashkil etgan.

 

Joriy yilda minimal o‘tish balini to‘play olmagan abituriyentlar ulushi avvalgi uch yilga nisbatan past bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’limga qabulda to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali 56,7 ball, davlat granti bo‘yicha esa 68 ball etib belgilangan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish