“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 15-avgust kuni e’lon qilingan edi. Natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar 19-avgustga qadar apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki bosqichda — test va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilgan edi. Mazkur imtihonlarning yakuniy natijalari 15-avgust kuni e’lon qilindi.
Natijalardan norozi bo‘lgan o‘quvchilar apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Apellyatsiya arizalari 19-avgustga qadar, shu kuni ham qabul qilinadi.
Arizani ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kirgan holda, maktablar kesimida yuborish mumkin.
Apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Apellyatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
