“Jasorat maktablari”ga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Natijalar bilan onlayn tanishish mumkin.
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.
Mazkur sinovlarning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Talabgorlar o‘z natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.
Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:
- yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
- oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.
Shuningdek, bugun soat 23.00 dan boshlab, natijalarni “Shaxsiy kabinet” orqali ham bilib olishingiz mumkin.
