2026-yilda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasi doirasida o‘tish ballari 68 balldan 167 ballgacha bo‘lgan. Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyada, eng yuqori ko‘rsatkich esa Ichki ishlar vazirligida qayd etilgan.
2026/2027-o‘quv yili uchun harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti kvotasi bo‘yicha tashkilotlar kesimidagi o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi.
Tashkilotlar bo‘yicha ajratilgan kvota va o‘tish ballari quyidagicha:
| № | Tashkilot nomi | Ajratilgan kvota soni | O‘tish bali |
|---|---|---|---|
| 1 | Milliy gvardiya | 731 | 68 |
| 2 | Elektron texnologiyalar markazi | 37 | 98,8 |
| 3 | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 238 | 105,9 |
| 4 | Mudofaa vazirligi | 813 | 109,6 |
| 5 | Davlat xavfsizlik xizmati | 570 | 117,9 |
| 6 | Harbiy prokuratura | 9 | 121,8 |
| 7 | Prezident davlat xavfsizlik xizmati | 37 | 149,9 |
| 8 | Ichki ishlar vazirligi | 124 | 167 |
Jadvaldan ko‘rinishicha, eng past o‘tish bali Milliy gvardiya bo‘yicha — 68 ballni tashkil etgan. Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida — 167 ball bo‘lgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlarining farzandlari uchun mazkur kvotadan tashqari yana 1 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi ajratilgani qayd etilgandi.
Bu borada huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, ushbu kvota bo‘yicha o‘tish bali 78,6 ballni tashkil etgan. 78,6 balldan yuqori natija qayd etgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishiga 4 yil muddatga grant asosida qabul qilingan.
