2030-yilgacha barcha talabalar uchun yetarli yotoqxonalar qurib bitkaziladi

2030-yilgacha barcha talabalar uchun yetarli yotoqxonalar qurib bitkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha talabalar ehtiyojini to‘liq qoplaydigan darajada talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vazirning UzReport TV telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, Prezident qarori asosida mamlakatda talabalar turar joylari sonini ko‘paytirish ishlari davom ettirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Uning ta’kidlashicha, yangi yotoqxonalar davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ So‘nggi 10 yil davomida respublikada jami 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari qurilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Taqqoslash uchun, undan avvalgi 100 yil davomida jami 55 ming o‘rinli yotoqxonalar barpo etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qo‘ng‘irotboy Sharipovning qayd etishicha, hozir kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalarning kamida 20 foizini viloyatlardan kelgan talabalar tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularni talabalar turar joylariga joylashtirish imkoniyati mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Qolgan talabalar uchun esa ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2030-yilgacha hamma talabalar ehtiyojini qondiradigan darajada yotoqxonalar qurib bitkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Binolar davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hozirgi kunda jami talabalarimizning kamida 20 foizi kunduzgi taʼlimda oʻqiydi va viloyatlardan kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ularni yotoqxonalarga joylashtirish imkoniyatimiz bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Boshqalari esa ijarada turadi va ijara haqining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun hozir yotoqxonada tursa ham, ijarada tursa ham bir xil xarajat ketadi, — dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, talabalar turar joylariga joylashish uchun maxsus platforma ishga tushirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 15-avgustdan boshlab yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan talabalar ushbu platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, yotoqxonaga joylashtirishda, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan yoshlar, keyin esa uzoq va chekka hududlardan kelgan talabalar ustuvorlikka ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʻzbekistondagi qator talabalar turar joyi ommaviy savdoga chiqarilgani haqidagi xabarlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rad etgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠