Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanishiga ikki kun qoldi

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanishiga ikki kun qoldi

2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish istagida boʻlgan fuqarolar uchun onlayn ariza topshirish jarayoni yakunlanishiga ikki kun qoldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirishlari mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, 2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 10-iyuldan boshlangan edi. Arizalar 10-avgustgacha, shu kuni ham qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Amaldagi tartibga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish uchun oʻqishga qabul qilinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlar my.edu.uz platformasida:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— pasport va JSHSHIR maʼlumotlarini kiritadi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— oʻqish istagidagi oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabulda fuqaroning birinchi bakalavr diplomi boʻyicha olgan mutaxassisligi cheklov sifatida belgilanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yaʼni, birinchi oliy maʼlumotini bir yoʻnalishda olgan fuqaro ikkinchi mutaxassislik uchun boshqa yoʻnalishni tanlashi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, matematika yoʻnalishini tamomlagan shaxs ikkinchi oliy taʼlim uchun biologiya, iqtisodiyot yoki filologiya kabi boshqa yoʻnalishlarga hujjat topshirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot uchun, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasining oʻz Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul natijalari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 30-avgustga qadar eʼlon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠