Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh (boshqa) yoʻnalishda oʻqisa boʻladimi?

Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh (boshqa) yoʻnalishda oʻqisa boʻladimi?

Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanib, 10-avgustgacha my.edu.uz orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin. Ikkinchi oliy taʼlim olishda birinchi diplom yoʻnalishi ahamiyatga ega emas va istalgan boshqa mutaxassislikni tanlash imkoniyati mavjud.

 

Xabar berganimizdek, 2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 10-iyul sanasidan boshlab my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh (boshqa) yoʻnalishda oʻqisa boʻladimi?

 

 

Ha, albatta boʻladi. Ikkinchi mutaxassislikka oʻqishga kirishda birinchi bakalavr yoʻnalishingiz mutlaqo ahamiyatga ega emas.

 

 

Soddaroq aytganda, siz birinchi diplomingiz boʻyicha matematika yoʻnalishini tamomlagan boʻlsangiz ham, ikkinchi mutaxassislik uchun biologiya, iqtisod yoki filologiya kabi mutaxassisliklarga bemalol topshira olasiz.

 

Bu boʻyicha qonunchilikda hech qanday cheklov yoʻq. Istalgan boshqa yoʻnalishni tanlab, ikkinchi oliy maʼlumotni olishingiz mumkin.

 

Shuningdek, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) oliy taʼlim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Oliy taʼlimga qabul qilish natijalari esa har yili 30-avgustga qadar oliy taʼlim muassasalari tomonidan eʼlon qilinishi belgilangan.