Joriy yilning 5–6-avgust kunlari “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tadi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olib, imtihonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari lozim.
Joriy yilning 5–6-avgust kunlari “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi.
Avval xabar qilinganidek, 2026-yil 17-iyul kuni mazkur bosqichni o‘tkazish sanasi o‘zgartirilib, sinovlar 5–6-avgust kunlariga ko‘chirilgan edi.
Imtihon jarayonlari har ikki kunda ham soat 08:00 da belgilangan manzillarda boshlanadi.
Sinov o‘tkaziladigan manzillar — Faylni yuklash
Hujjat topshirgan talabgorlarga imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilgan. Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin.
Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.
Talabgorlarga eslatma: imtihon kuni belgilangan manzilga sinov boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishi, o‘zi bilan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihon ruxsatnomasini olib kelish talab etiladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun qisqa telefon raqami: 1206
Avvalroq, “Jasorat maktablari” uchun 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalar tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
