“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining 2-bosqichi boshqa kunga ko‘chirildi (manzillar)

“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining 2-bosqichi boshqa kunga ko‘chirildi (manzillar)

2026-yil 17-iyul kuni “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilish sanasi o‘zgartirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-iyul kuni “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtishi belgilangan edi.

 

Ayni damda O‘zbekiston hududiga kirib kelgan anomal issiq ob-havo haroratini inobatga olgan holda, mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 5-6-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

 

Sinov jarayonlari o‘tkaziladigan manzillar — Faylni yuklash

 

Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: 1206