Angliyada farzandidan ayrilgan ota-ona maktab o‘quvchilari uchun bepul yurak tekshiruvlarini moliyalashtirmoqda

Angliyada farzandidan ayrilgan ota-ona maktab o‘quvchilari uchun bepul yurak tekshiruvlarini moliyalashtirmoqda

Buyuk Britaniyada o‘g‘lini yashirin yurak kasalligi sababli yo‘qotgan oila yuzlab maktab o‘quvchilarining bepul yurak tekshiruvidan o‘tishini moliyalashtirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tashabbusning asosiy maqsadi yurak kasalliklarini erta aniqlash va yoshlar o‘limining oldini olishdan iborat.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buyuk Britaniyada oʻgʻlini toʻsatdan yurak faoliyati toʻxtashi oqibatida yoʻqotgan ota-ona oʻz farzandiga nasib etmagan imkoniyatni boshqalarga yaratish maqsadida yuzlab maktab oʻquvchilari uchun bepul yurak tekshiruvlarini moliyalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda BBC nashri xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumotlarga koʻra, Angliyaning Xartlpul shahrida yashovchi Lesli va Robin Perkinsning 33 yoshli oʻgʻli Den Kuk toʻsatdan yurak faoliyati toʻxtashi oqibatida hayotdan koʻz yumgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ota-onaning fikricha, agar u yoshligida yuragi muntazam tekshiruvdan oʻtkazilganida, ehtimol kasallik oldindan aniqlanib, uning hayotini saqlab qolish mumkin boʻlardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu sababli ular Buyuk Britaniya Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS) 40 yoshgacha boʻlgan fuqarolar uchun muntazam yurak skriningini joriy etishi kerakligini taʼkidlab kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozircha bunday dastur mavjud emasligi sababli, Perkinslar oilasi xayriya mablagʻlari yigʻib, maktab oʻquvchilari va mahalliy aholi uchun bepul tekshiruvlar tashkil etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oila shu kungacha qariyb 14 ming funt sterling yigʻishga muvaffaq boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu mablagʻ evaziga ikki marotaba yurak skriningi tashkil etilib, unda maktab oʻquvchilari va boshqa fuqarolar bepul tekshiruvdan oʻtkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buyuk Britaniyadagi Cardiac Risk in the Young (CRY) xayriya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda har hafta 12 nafargacha yosh yashirin yurak kasalliklari sababli vafot etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Robin Perkinsning aytishicha, skrininglarni davlat emas, farzandidan ayrilgan oilalar mablagʻi hisobidan tashkil etishga majbur boʻlayotgani achinarli holat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“NHS bunday tekshiruvlarni oʻtkazmagani afsuslanarli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli yaqinini yoʻqotgan oilalar mablagʻ yigʻib, boshqalarga yordam berishga harakat qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Odamlardan doimiy ravishda xayriya soʻrash oson emas, ammo biz toʻxtamaymiz”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabdagi tekshiruvlar

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Perkinslar oilasi oʻgʻli Den taʼlim olgan High Tunstall College of Science maktabiga qaytib, CRY tashkiloti bilan hamkorlikda yurak skrininglarini tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tekshiruvlar malakali mutaxassislar tomonidan oʻtkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlab ishtirokchilarga elektrokardiogramma (EKG) qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Zarurat tugʻilganda esa yurak ultratovush tekshiruvi (EKO) ham amalga oshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Olingan natijalarni joyning oʻzida shifokor tahlil qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar yurak faoliyatida shubhali holatlar aniqlansa, bemor qoʻshimcha tekshiruv uchun oilaviy shifokoriga yuborildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu loyiha doirasida 104 nafar maktab oʻquvchisi tekshiruvdan oʻtkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Umuman olganda esa Perkinslar oilasi moliyalashtirgan dastur orqali 200 nafarga yaqin kishi yurak skriningidan oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Lesli Perkins bu tashabbusni “achchiq va quvonchli tuygʻular uygʻotadigan” loyiha deb atadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

«Agar bunday skrininglar oʻgʻlimiz yoshligida boʻlganida, balki u bugun hayot boʻlarmidi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hech boʻlmaganda 200 kishi tekshiruvdan oʻtdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning orasidan hech boʻlmaganda bir kishida yurak muammosi erta aniqlansa, bu juda katta natija.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular bizning oʻgʻlimizga nasib etmagan imkoniyatga ega boʻlishadi.«⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Denning ukasi Tomas ham oilaning tashabbusi bilan faxrlanishini aytib, boshqa oilalar oʻzlari boshdan kechirgan fojiani boshdan kechirmasligi uchun qoʻlidan kelganicha yordam berayotganidan mamnunligini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktab va hukumat munosabati

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

High Tunstall College of Science direktori Mark Tilling bunday tashabbusni mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlaganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning soʻzlariga koʻra, Perkinslar oilasi Den xotirasiga katta mablagʻ yigʻib, maktab oʻquvchilarining salomatligini asrashga hissa qoʻshmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois maktab maʼmuriyati skrininglarni oʻtkazishga darhol rozilik bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar departamenti (DHSC) ham oilaning tashabbusini yuqori baholab, yoshlar orasida toʻsatdan yurak oʻlimining oldini olish boʻyicha xabardorlikni oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini olqishladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Departament maʼlum qilishicha, hozirda Buyuk Britaniya Milliy skrining qoʻmitasi yoshlar orasida toʻsatdan yurak oʻlimiga sabab boʻluvchi kasalliklar boʻyicha skrining dasturini joriy etish yuzasidan jamoatchilik muhokamasini oʻtkazmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Angliyadagi NHS birinchi tibbiy yordam, yurak-oʻpka reanimatsiyasi (CPR) hamda defibrillyatorlardan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini muntazam tashkil etayotgani, hukumat tomonidan mahalliy hamjamiyatlarga minglab defibrillyatorlar yetkazib berilgani qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Angliyada ota qizi bilan birga universitetni bitirgani haqida xabar bergan edik. ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠