2027-yildan doktoranturaga qabul yangilangan ustuvor ixtisosliklar ro‘yxati asosida amalga oshiriladi

2027-yildan doktoranturaga qabul yangilangan ustuvor ixtisosliklar ro‘yxati asosida amalga oshiriladi

2027-yildan tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul ilmiy kadrlar tayyorlashning yangilangan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Yangi ro‘yxatga 7 ta ustuvor yo‘nalish doirasidagi 193 ta ixtisoslik kiritilgan.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i bilan ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi.

 

Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq shakllantirilgan.

 

Yangilangan ro‘yxat 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslikni o‘z ichiga oladi. Ushbu ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

 

2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati — Faylni yuklash

 

Avvalroq, Prezident Farmoniga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan ilmiy darajalar berishda ayrim tartiblar bekor qilinishi, “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi yoʻlga qoʻyilishi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy taʼlim vazirligi huzuridan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.