2027-yil yanvardan ilmiy darajalar berishda ayrim tartiblar bekor qilinadi

2027-yil yanvardan ilmiy darajalar berishda ayrim tartiblar bekor qilinadi

Prezidentning 98-son Farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan ilmiy darajalar berishda ayrim tartiblar bekor qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 26-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farmonga muvofiq ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblar bekor qilinadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
  • Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berish;
  • dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish;
  • dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
  • dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida xulosa olish;
  • Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;
  • himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
  • taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, mazkur Farmonga asosan “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠