“Olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang” — Prezident

“Olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang” — Prezident

Bugun, 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muloqot davomida qator tashabbuslar ilgari surildi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • yoshlarga zamonaviy kasb-hunarni oʻrgatish maqsadida “Kelajak bilimlari ekotizimi” yoʻlga qoʻyiladi;
  • kasb egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri” va bepul vaucher tizimi joriy etiladi;
  • “Ustoz-talaba” dasturi asosida yoshlarni oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi;
  • “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi hamda faol yoshlarga grant va qator imtiyozlar beriladi;
  • “Muhandis qizlar” va “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyalari ta’sis etiladi;
  • xorijda o‘qiyotgan talabalar va ish beruvchilarni bog‘lovchi muloqot platformasi ishga tushiriladi;
  • Ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasi tashkil etiladi;
  • milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, Yoshlar ishlari agentligiga “Tashabbuslar ofisi”ni tashkil qilib, har bir g‘oyani loyihaga, mahsulotga va xizmatga aylantirish bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun 50 milliard so‘m ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Aziz o‘g‘il-qizlarim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!” – dedi Prezident yoshlar bilan muloqot yakunida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur stipendiya axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠