Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Bu haqda Prezident yoshlar bilan uchrashuvda aytib o’tdi.
Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi.
Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi.
Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda.
Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.
