Yoshlarga zamonaviy kasb-hunarni oʻrgatish maqsadida “Kelajak bilimlari ekotizimi” yoʻlga qoʻyiladi

Yoshlarga zamonaviy kasb-hunarni oʻrgatish maqsadida “Kelajak bilimlari ekotizimi” yoʻlga qoʻyiladi

Prezident rahbarligida yoshlar bilan uchrashuv davom etmoqda. Uchrashuv davomida faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.

 

Shuningdek, uchrashuvda har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

 

“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya!

Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin”, – dedi Prezident.