Navbatdagi nostrifikatsiya sinovlari 23-iyun kuni o‘tkaziladi (ishtirokchilar ro‘yxati)

Navbatdagi nostrifikatsiya sinovlari 23-iyun kuni o‘tkaziladi (ishtirokchilar ro‘yxati)

2026-yilning ikkinchi choragida o‘tkazilayotgan nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovi 23-iyun kuni tashkil etiladi. Mazkur sinovda ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Avvalroq, 18-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi sanasi 23-iyunga ko‘chirilgan edi.

 

Shunga muvofiq, 23-iyun kuni o‘tkaziladigan imtihonda ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda hududlar ma’lumotlari e’lon qilindi.

 

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

 

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

 

Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko’ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o’zgartirish uchun NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.

 

Ro‘yxat — Fayni yuklash