2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgardi

2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgardi

2026-yilning 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgartirildi.

 

Qayd etilishicha, oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari hajmining keskin ortgani, Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilgani hamda nostrifikatsiya test sinovida ishtirok etish istagidagi talabgorlar soni ko‘payib borayotgani sababli iyun oyi jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan.

 

Unga ko‘ra, 2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan xorijiy diplomlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirilgan.

 

Shuningdek, talabgorlar mazkur test sinovida ishtirok etish uchun 2026-yil 19-iyun kuniga qadar (shu kun ham) belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha qayta ariza topshirishlari mumkin.

 

Ma’lumot uchun, test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar, aniq sana va boshlanish vaqtlariga oid ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.