Buxoroda nufuzli tashkilot xodimini shantaj qilgan ikki talaba qiz qo‘lga olindi

Buxoroda nufuzli tashkilot xodimini shantaj qilgan ikki talaba qiz qo‘lga olindi

Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil oluvchi ikki talaba qiz tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi.

 

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2006 va 2007-yillarda tug‘ilgan talabalar nufuzli tashkilotlardan birida ishlovchi fuqaroga tegishli shaxsiy yozishmalardan foydalanib, undan pul talab qilgan.

 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar yozishmalarni fuqaroning oila a’zolari va ish joyidagilarga ko‘rsatish hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilib, 500 AQSH dollari talab qilgan.

 

2026-yil 3-iyun kuni Buxoro shahridagi ulgurji bozor hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular talab qilingan mablag‘ni 5 mln 900 ming so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Jizzaxda talaba yigit qizning rasmlarini tarqatish bilan tahdid qilib, 10 mln so‘m talab qilganligi haqida xabar bergan edik.