Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuz bergani aytilmoqda

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuz bergani aytilmoqda

Toshkentdagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan nizo aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, voqea ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi hamda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan nizo aks etgan videolavha tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda holat huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

‘‘Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi’’, — deyiladi munosabatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan hamda holatga aloqador barcha shaxslarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi bildirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi direktori oʻquvchini “samosud” qilgani haqida tarqalgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠