Oʻzbekistonlik talaba Madinabonu Abdullayeva malay tilidan oʻtkazilgan xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi. 21 davlatdan 174 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqada u barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi oʻrinni egallagan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi malay tili boʻyicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasida gʻolib boʻldi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 21 davlatdan 174 nafar ishtirokchi qatnashgan nufuzli tanlov finalida TDSHU ning 3-kurs talabasi Madinabonu Abdullayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-oʻrinni egallagan.
Shuningdek, Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Madinabonuga kubok, 10 ming malayziya ringgiti miqdoridagi mukofot va xalqaro sertifikat topshirilgan.
Mazkur yutuq Oʻzbekiston vakillarining ushbu tanlovdagi toʻrtinchi gʻalabasi sifatida tarixga kirdi.
Avvalroq Chiroqchida oʻquvchi 506 ming dollarlik grant asosida AQSHning 5 ta universitetiga qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
