Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Bu qoida smena asosida ishlovchilarga ham tegishli.
Ish vaqti qisqarishining ish haqiga ta’siri bo’lmaydi. Ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi, lekin ish haqi toʻliq toʻlanadi.
Bayramdan oldingi kuni ish vaqtini 1 soatga qisqartirish imkoni boʻlmagan tashkilotlarda aynan shu 1 soat uchun otgul berilishi yoki kamida 2 baravar haq toʻlanishi kerak.
Bu qoida xodimlarga bayramga tayyorgarlik koʻrish, oilasiga koʻproq vaqt ajratish va dam olishga sharoit yaratish uchun berilgan qoʻshimcha ijtimoiy kafolat hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Prezident farmoniga ko‘ra, 9-may — Xotira va qadrlash kuni joriy yilda shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli ushbu dam olish kuni 11-may, dushanba kuniga ko‘chirilgan.
Shu munosabat bilan:
- 9-may, shanba — odatiy dam olish kuni;
- 10-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni;
- 11-may, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.
Natijada, haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 2 kun dam oladi.
